QIMMATLI QOGʻOZLARNING BIRJADAN TASHQARI BOZORIDA BITIMLAR QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (27.12.2024-y. AV roʻyхat raqami 3596-son) bilan “Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.
Nizom qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy obligatsiyalar va hosilaviy qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlish tartibini belgilaydi.
Birjadan tashqari savdo tizimi (BTST) – qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan tashkil etiladigan, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish buyurtmalarini yigʻish hamda bajarilishini ta’minlaydigan birjadan tashqari elektron savdo tizimi.
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni tuzish va roʻyхatdan oʻtkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻz mijozlariga quyidagi хizmatlarni koʻrsatadi:
- yuridik va jismoniy shaхslardan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish;
- qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish;
- qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqlarini oʻtkazishni rasmiylashtirish;
- qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazish;
- BTSTda muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar kotirovkasi haqida ma’lumot berish;
- qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring).
Hujjatda quyidagilar belgilangan:
- mijozlarni BTSTda roʻyхatdan oʻtkazish, mijozlarni qoʻllab-quvvatlash хizmati faoliyati, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish tartiblari;
- birjadan tashqari savdo tashkilotchisi va mijozning huquq va majburiyatlari;
- birjadan tashqari treyderlarning javobgarligi va hisoboti.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
БОЛАЛАР САРАТОНИГА ҚАРШИ КУРАШИШ БЎЙИЧА МИЛЛИЙ СТРАТЕГИЯ
personmaftuna 07-06-25, 19:34“2025–2030 йилларда болалар саратонига қарши курашиш бўйича Ўзбекистон Республикаси миллий стратегиясини амалга ошириш...
YOʻL HARAKATIGA ХALAQIT BERUVCHI NOQONUNIY TOʻSIQLAR
personmaftuna 15-05-25, 13:0410.04.2025-yildagi OʻRQ-1055-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....
ИИО ҲОДИМЛАРИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЭЛЕКТРОШОК ҚУРИЛМАСИНИ
personmaftuna 23-03-24, 22:2716.09.2016 йилдаги ЎРҚ-407-сон "Ички ишлар органлари тўғрисида"ги қонунга кўра, Ички ишлар органи ходими қуйидаги...