Kuzatuvchi » Siyosiy » YOʻL HARAKATIGA ХALAQIT BERUVCHI NOQONUNIY TOʻSIQLAR OʻRNATGANLIK UCHUN – JARIMA

YOʻL HARAKATIGA ХALAQIT BERUVCHI NOQONUNIY TOʻSIQLAR OʻRNATGANLIK UCHUN – JARIMA

10.04.2025-yildagi OʻRQ-1055-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzgartirishlar Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilmoqda va yoʻl harakati ishtirokchilari uchun noqonuniy toʻsiqlar va boshqa toʻsiqlarni oʻrnatish, shuningdek yoʻnalishli transport uchun ajratilgan tasmadan harakatlanish uchun jazo nazarda tutadi.

Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi uchun:

  • BHMning 1 baravari miqdorida jarima belgilangan.

Ushbu moddaning ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda:

  • jarima BHMning 3 baravari miqdorida boʻladi.

Yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlarni va boshqa qurilmalarni oʻrnatish fuqarolarga BHMning 5 baravari, mansabdor shaхslarga esa – BHMning 20 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

TALABALAR HAM ISHLASHI MUMKINMI?

personmaftuna 10-12-24, 11:59
0 TALABALAR HAM ISHLASHI MUMKINMI?

Talaba o‘qishdan bo‘sh vaqti bemalol ishlashi mumkin. Mehnat kodeksining 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 28-03-24, 10:05
0 БИЛАСИЗМИ?

Қонунчиликка кўра, иш берувчи ходимнинг меҳнатда майиб бўлиши ва касб касаллиги туфайли ҳаётига ёки соғлиғига...

KURYERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

personmaftuna 08-08-25, 15:08
0 KURYERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

“Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat...

menu
menu