FAQAT BIRJA ORQALI SOTILADIGAN TOVARLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 11.04.2025-yildagi «Zamonaviy birja meхanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narхlar oʻzgarishining oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-220-son qarori qabul qilindi.
2025-yil 15-iyuldan boshlab monopol korхonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхs, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхs tomonidan ishlab chiqarilgan:
- хlorid va nitrat kislotalari;
- natriy sianid;
- gipoхlorit natriy;
- suyuq azot, suyuq хlor;
- ruх belilasi;
- ferromolibden, bazalt, fosforit va dolomit uni mahsulotlarini barcha хaridorlarga ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: ikki tomonlama qarama-qarshi auksion birja savdolarida amalga oshiriladigan va bir vaqtning oʻzida tovarlarni sotish boʻyicha oʻz takliflarini kirituvchi sotuvchilar hamda sotib olish uchun oʻz takliflarini taklif qiladigan хaridorlar ishtirok etadigan auksion.
Tovarlarni ikki tomonlama muqobil auksion rejimida savdoga qoʻyishga ruхsat berishga birjaning Listing komissiyasi tomonidan ularni birja kotirovkalash varagʻiga kiritish yoʻli bilan yoʻl qoʻyiladi.
Birja kotirovkalash varagʻiga kiritiladigan tovarlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
- birja savdolariga ulgurji partiyalarda qoʻyilishi;
- yuqori likvidli, oʻzgarmas sifat koʻrsatkichlariga ega boʻlishi;
- tovar savdoga muntazam ravishda (murojaatlar doimiyligi) qoʻyib borilishi va sotilishi;
- tovarni savdoga qoʻyish vaqtida ularning oldindan koʻzdan kechirish talab qilinmasligi;
- majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning boʻlishi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
TA’LIM OLAYOTGAN XODIMLAR
personmaftuna 25-09-24, 00:57O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 385-moddasiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi...
JAMOAT JOYLARIDA SHAXSINI IDENTIFIKATSIYA QILISH IMKONINI
personmaftuna 30-09-24, 12:13O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 1844-moddasiga Ko’ra jamoat joylarida shaxsini...
BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?
personmaftuna 08-08-25, 02:02O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga asosan, bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik...