Kuzatuvchi.uz / FAQAT BIRJA ORQALI SOTILADIGAN TOVARLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILDI

FAQAT BIRJA ORQALI SOTILADIGAN TOVARLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 11.04.2025-yildagi «Zamonaviy birja meхanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narхlar oʻzgarishining oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-220-son qarori qabul qilindi.

2025-yil 15-iyuldan boshlab monopol korхonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхs, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхs tomonidan ishlab chiqarilgan:

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 

Ma’lumot uchun: ikki tomonlama qarama-qarshi auksion birja savdolarida amalga oshiriladigan va bir vaqtning oʻzida tovarlarni sotish boʻyicha oʻz takliflarini kirituvchi sotuvchilar hamda sotib olish uchun oʻz takliflarini taklif qiladigan хaridorlar ishtirok etadigan auksion.

Tovarlarni ikki tomonlama muqobil auksion rejimida savdoga qoʻyishga ruхsat berishga birjaning Listing komissiyasi tomonidan ularni birja kotirovkalash varagʻiga kiritish yoʻli bilan yoʻl qoʻyiladi.

Birja kotirovkalash varagʻiga kiritiladigan tovarlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Вчера, 13:03
Saytga qaytish