Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA UNDAN TASHQARIDA AMALGA OSHIRILADI

BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA UNDAN TASHQARIDA AMALGA OSHIRILADI

Qonunchilikka ko'ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatilishi belgilangan. (https://lex.uz/docs/6044094#6045579)

 Mikrohudud doirasida:

Bolalarning ota-onasi yoki ularning qonuniy vakili tomonidan har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz portali orqali bolalarni umumta'lim maktablariga o'qishga joylashtirish uchun so'rovnoma to'ldiriladi.           So'rovnoma avtomatik tarzda hududiy xalq ta'limi boshqarmasiga yuboriladi va 3 ish kunida ko'rib chiqiladi hamda mikrohudud bo'yicha maktabga yuboriladi.

Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda murojaati mikrohudud bo'yicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi.

Ariza beruvchi farzandlari maktablarga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to'g'risidagi ma'lumotni YIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz   portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

 Mikrohududdan tashqarida:

YIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz portali orqali ariza beruvchi (bolalarning ota-onasi yoki ularning qonuniy vakili) o'z xohishiga ko'ra har yili 1 — 15-avgust kunlarida mikrohududdan tashqari bo'sh o'rinlari mavjud bo'lgan maktablarni tanlagandan so'ng so'rovnoma avtomatik tarzda tanlagan mikrohududdan tashqari bo'lgan maktablarga yuboriladi va onlayn navbatga avtomatik qo'yiladi.

Onlayn navbatda belgilangan muddatda ariza beruvchi o'z farzandi bilan mikrohududdan tashqarida bo'lgan maktabga boradi.

Mikrohududdan tashqarida bo'lgan maktab bolaning maktabga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to'g'risidagi ma'lumotni YIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz  portali orqali shu kunning o'zida ariza beruvchiga yuboradi.

O'quvchi o'rniga nisbatan ta'lim olayotgan o'quvchilar soni ko'p bo'lgan umumta'lim maktablarida mikrohududdan tashqaridan qo'shimcha bolalar qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

ИККИ ИШ ЖОЙИДАН ҲАМ ДЕКРЕТ ПУЛИ ОЛИШ МУМКИНМИ?

personmaftuna 27-03-24, 00:49
0 ИККИ ИШ ЖОЙИДАН ҲАМ ДЕКРЕТ ПУЛИ ОЛИШ МУМКИНМИ?

Икки иш жойингиздан ҳам декрет олишга ҳақлисиз. Меҳнат кодексининг 404-моддасига биноан аёлга туғруққача етмиш календар...

QAYSI HOLATLARDA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH ORGANI ISH

personmaftuna 12-08-24, 23:44
0 QAYSI HOLATLARDA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH ORGANI ISH QOʻZGʻATMASDAN KOʻRSATMA BERADI

Vazirlar Mahkamasining 10.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonuni qabul...

JISMONIY SHAXSLARGA “YASHIL” IPOTEKA KREDITLARI AJRATILADI

personmaftuna 25-06-24, 19:57
0 JISMONIY SHAXSLARGA “YASHIL” IPOTEKA KREDITLARI AJRATILADI

“2024- yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy - joy sharoitlarini...

menu
menu