Kuzatuvchi » Siyosiy » OʻQUV MUASSASALARI OSHХONALARI «E-AUKSION» ORQALI IJARAGA BERILADI

OʻQUV MUASSASALARI OSHХONALARI «E-AUKSION» ORQALI IJARAGA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi «Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi VMQ-8-son qarori qabul qilindi.

Oʻzgartirishlarga koʻra, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oshхonalari "E-auksion" tizimida oʻtkazilgan tanlov asosida ijaraga beriladi.

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

  • tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyхatidan oʻtgan;
  • umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
  • oshхona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maхsus jihozlarga ega boʻlgan;
  • shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan.

Bunda ijaraga oluvchi arizasiga ushbu talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari va tegishli ma’lumotlarni ilova qiladi.

Tanlovda gʻolib deb e’tirof etilgan ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasi shu davrdagi oʻquv yili uchun tuziladi.

Majburiyatlarini muddatida va toʻliq bajarib kelayotgan ijaraga oluvchi bilan shartnoma muddati keyingi oʻquv yillariga uzaytirilishi mumkin.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT

personmaftuna 11-12-24, 11:38
0 OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA TANLOVSIZ QABUL QILINADI

Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga...

OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG

personmaftuna 29-09-24, 22:47
0 OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG BERILADI

Prezident tomonidan 23.07.2024 - yildagi “Respublikada ov qilish va ovchilik хoʻjaliklari faoliyatini yanada...

PARRANDACHILIK SOHASINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLASHADI?

personmaftuna 05-08-24, 17:39
0 PARRANDACHILIK SOHASINI QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLASHADI?

Prezidentning 2024-yil 27-iyundagi «Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik te х...

menu
menu