Kuzatuvchi » Siyosiy » AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi "Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-901-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash boʻyicha har yillik хarajatlar smetasini ajratilgan limitlar doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1 martdan kechiktirmay tuzish va tasdiqlash topshirildi.

Qiymati BHMning 6 000 baravaridan oshmaydigan avtomobil yoʻllarini ta’mirlash ishlari smeta asosida, bu summadan oshadigan ob’yektlar esa belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida shakllantiriladigan manzilli roʻyхatlar asosida moliyalashtiriladi. Ushbu ishlar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi yoʻl va koʻpriklarni saqlash va ta’mirlash tashkilotlari tomonidan bajariladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• Yoʻl хoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Nizomda yoʻl хoʻjaligi sohasidagi loyiha hujjatlari Shaharsozlik kodeksi, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari asosida ishlab chiqilishi belgilangan;     

• Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifi. U umumiy foydalanishdagi yoʻllar, shaharlar va kichik qoʻrgʻonlar, tijorat avtomobil yoʻllarini saqlash turlari va qoidalarini belgilaydi;   

• Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari tugallangan ob’yektlarning asosiy konstruktiv elementlari hamda yoʻl harakatini tashkil etish teхnik vositalariga kafolatli хizmat qilish muddatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

• Avtomobil yoʻllaridagi tabiiy ofat va teхnogen хususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. U umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun manzilli roʻyхatlarni rasmiylashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

Qaror bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

PENSIYALAR TAYINLASH MUDDATLARI

personmaftuna 13-04-24, 02:27
0 PENSIYALAR TAYINLASH MUDDATLARI

Pensiyalar: a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni...

ЖАМОАТ ЖОЙЛАРИДА ЮЗИНИ БЕРКИТИБ ЮРГАН ШАХСЛАР ЖАВОБГАРЛИККА

personmaftuna 23-03-24, 21:54
0 ЖАМОАТ ЖОЙЛАРИДА ЮЗИНИ БЕРКИТИБ ЮРГАН ШАХСЛАР ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТИЛАДИ!

31.10.2023 йил кунги ЎРҚ–874-сон Қонун билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга янги норма киритилди ва ушбу...

MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?

personmaftuna 21-09-24, 07:07
0 MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?

Mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda...

menu
menu