Kuzatuvchi » Siyosiy » YOQILGʻI-ENERGETIKA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MOLIYAVIY SANKSIYALAR QANDAY TARTIBDA QOʻLLANILADI?

YOQILGʻI-ENERGETIKA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MOLIYAVIY SANKSIYALAR QANDAY TARTIBDA QOʻLLANILADI?

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2025-yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 121-son qarori qabul qilindi.

Moliyaviy sanksiyalar tarzidagi huquqiy ta’sir choralari quyidagilardan foydalanish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun qoʻllaniladi:

• neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi;

• tabiiy gaz;

• elektr energiyasi;

• issiqlik energiyasi;

• sertifikatlanmagan energetika uskunalari, tarmoqlari va energiya ta’minoti tizimlari elementlari;

• shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarini tekshirish va ekspertizadan oʻtkazishda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda. 

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma хoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnomani imzolash rad etilganda, u sub’yektga pochta orqali yuboriladi. 

Dalolatnoma asosida 5 kun ichida sanksiya qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. 

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy jarimalarni iхtiyoriy ravishda bir oy ichida toʻlashlari mumkin. Aks holda vakolatli organ majburiy undirishni soʻrab sudga murojaat qiladi.

Agar birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarlikni iхtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan boʻlsa, moliyaviy sanksiya qoʻllanilmaydi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ

personmaftuna 19-03-25, 07:00
0 ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ

Қонун (ЎРҚ-1041-сон, 28.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. Қонун билан...

"ТЕМИР ДАФТАР"ГА КИРИТИЛГАН ОИЛАЛАРГА БИР МАРТАЛИК МОДДИЙ

personmaftuna 23-03-24, 22:32
0 "ТЕМИР ДАФТАР"ГА КИРИТИЛГАН ОИЛАЛАРГА БИР МАРТАЛИК МОДДИЙ ЁРДАМ БИР КУНДА БЕРИЛИШИ МУМКИН

Вазирлар Маҳкамасининг 17.10.2023 йилдаги 547-сон қарори билан Ҳукуматнинг айрим ҳужжатларига ижтимоий аҳволи ва турмуш...

MEHNAT SHARTNOMASI QACHON KUCHGA KIRGAN HISOBLANADI?

personmaftuna 30-09-24, 22:16
0 MEHNAT SHARTNOMASI QACHON KUCHGA KIRGAN HISOBLANADI?

А maldagi Mehnat kodeksining 108-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan...

menu
menu