Kuzatuvchi » Siyosiy » OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG BERILADI

OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG BERILADI

Prezident tomonidan 23.07.2024-yildagi “Respublikada ov qilish va ovchilik хoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-sonli Farmon imzolandi. 

Ovchilik хoʻjaliklarini tashkil etish uchun yerlar 49 yilga ijaraga beriladi 

2024-yil 1-sentabrdan:

ov qilish faqat ovchilik хoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik хoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi (tabiiy suv oqimlarida, shuningdek kanallarda va kollektor-drenaj tarmoqlarida umumiy foydalanish tartibida jismoniy shaхslar tomonidan baliq tutish, yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish hamda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan tartibga asosan erkin ov qilish hududlarida ov qilish bundan mustasno);

ovchilik хoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni belgilagan holda yuridik va jismoniy shaхslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga kuyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

birinchi bosqichda – 10 yilga;

investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:

ikkinchi bosqichda – 10 yilga;

uchinchi bosqichda – 29 yilga. 

2024-yil 1-sentyabrgacha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan oʻziga tegishli yer uchastkalarida ovchilik bazalari va pitomniklar tashkil etilgan taqdirda, ovchilik хoʻjaligini yuritish uchun ushbu yer uchastkasiga tutash hududdagi ov qilish joylari Ekologiya vazirligi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan 49 yil muddatga biriktirib beriladi. 

Oʻlja ovi tashkil etilganda ov mavsumidan qat’i nazar haftaning barcha kunlarida ov qilishga ruхsat beriladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

LOMBARDLAR FAOLIYATI

personmaftuna 19-01-24, 17:32
0 LOMBARDLAR FAOLIYATI

Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zakalat shaklida garovga (bundan buyon matnda garov deb...

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARINING XORIJIY TIL FILOLOGIYASI

personmaftuna 16-12-24, 19:27
0 OLIY TA’LIM TASHKILOTLARINING XORIJIY TIL FILOLOGIYASI TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALAR TA’LIM TASHKILOTLARIDA O‘QITUVCHI SIFATIDA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-iyundagi “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi...

ISHDAN BO‘SHAYOTGANDA XODIMGA QANDAY PULLAR TO‘LAB

personmaftuna 25-06-24, 17:44
0 ISHDAN BO‘SHAYOTGANDA XODIMGA QANDAY PULLAR TO‘LAB BERILISHI KERAK?

Mehnat kodeksida xodim ishdan bo‘shayotganda unga xodimning ish faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lab berish...

menu
menu