Kuzatuvchi » Siyosiy » FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI BILASIZMI?

FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI BILASIZMI?

Ozbekiston Respublikasi Oila kodeksining 227-moddasiga asosan, familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Er (xotin)ning familiyasi o‘zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o‘zgartirishga sabab bo‘lmaydi. Ota-ona har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilganda ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasi ham o‘zgartiriladi. Agar ota-onadan biri o‘z familiyasini o‘zgartirsa, ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi. Ota ismining o‘zgartirilishi uning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarining ota ismi albatta o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

ЖАЗОНИ ЎТАШДАН МУДДАТИДАН ОЛДИН ШАРТЛИ ОЗОД ҚИЛИШНИНГ

personmaftuna 30-09-24, 04:31
0 ЖАЗОНИ ЎТАШДАН МУДДАТИДАН ОЛДИН ШАРТЛИ ОЗОД ҚИЛИШНИНГ ШАРТЛАРИ ВА ТАЛАБЛАРИ

Жиноят кодексининг 89-моддасига асосан, ўн саккиз ёшга тўлмасдан содир этган жинояти учун озодликдан маҳрум қилишга,...

BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY

personmaftuna 24-07-24, 19:59
0 BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY NAZORAT KUCHAYTIRILADI

“Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar...

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 11-12-24, 23:52
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

menu
menu