KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
- uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
- BHMning yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa;
- ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa,
- besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 24-03-24, 17:07Qonunchilikka ko'ra, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste'molchilari o'rtasida rasmiylashtirilgan...
DAVLAT GRANTI ASOSIDA O‘QISHNI BITIRSA, 3 YIL ISHLAB BERISH
personmaftuna 10-12-24, 10:40– Test sinovlarida maksimal ball to‘ plab, davlat granti asosida oliygohga o‘qishga kirdim. Endi o‘qishni bitirganimdan...
TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA OLISHDA QANDAY YENGILLIKLAR
personmaftuna 27-12-24, 16:18Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish...