TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA OLISHDA QANDAY YENGILLIKLAR MAVJUD?
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan, aholiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini oson va qulay sharoitlarda ko‘rsatish, tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd etish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridagi navbatlarni bartaraf etish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini yanada takomillashtirish maqsadida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etilgan.
Qaror bilan tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berilishi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.
Shuningdek, tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ҚАНДАЙ ЖИНОИЙ ЖАЗОЛАР БОР?
personmaftuna 11-03-24, 00:35-Жарима - айбдордан давлат даромадига белгиланган миқдорда пул ундиришдир. Жарима базавий ҳисоблаш миқдорининг беш...
I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH
personmaftuna 11-12-24, 15:23I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib...
O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH
personmaftuna 30-09-24, 11:35O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi...