Kuzatuvchi » Siyosiy » MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga: g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish, ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi, voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish, huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi, huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi, huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi kiradi.

Ma’muriy jazo chorasini qo‘llanuvchi organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida,  ma’muriy huquqbuzarlik uchun  jazoni qo‘llash chog‘ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinshi belgilangan.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

EKSPORTNI QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORALARI JST TALABLARIGA

personmaftuna 11-02-25, 02:25
0 EKSPORTNI QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORALARI JST TALABLARIGA MUVOFIQLASHTIRILADI

Prezident 30.12.2024-yildagi "Eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga...

FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI

personmaftuna 25-08-25, 02:13
0 FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI BILASIZMI?

O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 227-moddasiga asosan, familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik...

FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI

personmaftuna 12-12-24, 01:50
0 FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI IDENTIFIKATSION ID KARTA BILAN CHET ELGA CHIQSA BO‘LADIMI?

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning...

menu
menu