Kuzatuvchi.uz / TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA OLISHDA QANDAY YENGILLIKLAR MAVJUD?

TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA OLISHDA QANDAY YENGILLIKLAR MAVJUD?

      Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan, aholiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini oson va qulay sharoitlarda ko‘rsatish, tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd etish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridagi navbatlarni bartaraf etish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini yanada takomillashtirish maqsadida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etilgan. 

Qaror bilan tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berilishi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.

Shuningdek, tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

27-12-2024, 16:18
Saytga qaytish