Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT GRANTI ASOSIDA O‘QISHNI BITIRSA, 3 YIL ISHLAB BERISH MAJBURIYMI?

DAVLAT GRANTI ASOSIDA O‘QISHNI BITIRSA, 3 YIL ISHLAB BERISH MAJBURIYMI?

– Test sinovlarida maksimal ball to‘plab, davlat granti asosida oliygohga o‘qishga kirdim. Endi o‘qishni bitirganimdan keyin 3 yil ishlab berishim kerak bo‘ladimi?

– Qonunchiligimizdagi yangilikka ko‘ra, endi sizda o‘qishni bitirganingizdan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati yo‘q! Sababi, 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonining 2-bandi “v” kichik bandi oltinchi xatboshisiga ko‘ra, 2024-2025 yildan boshlab ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilindi.

Ijtimoiy rag‘batlantiruvchi ta’lim granti qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi.

Ular bu grantni to o‘qishni tugatguncha saqlab qoladi. Ta’lim granti esa umumiy kvota doirasida talabalikka qabul qilinadigan yoshlarga 1 yilga beriladi, keyingi yildan yana bilimli talabalarning o‘zlashtirishiga qarab taqsimlanadi.

Birinchi kursda grantga kirgan talaba keyingi yil kontraktda o‘qishi ham mumkin. Ular 4 yil to‘liq grantda o‘qimaganliklari sababli 3 yil ishlab berish majburiyati ham bekor bo‘ladi. Lekin maqsadli qabul asosida talaba bo‘lganlar, turli tashkilotlarning buyurtmasi asosida talaba bo‘ladigan toifadagi yoshlarning ko‘rsatilgan muddatda ishlab berish majburiyati saqlab qolinadi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

УЙ-ЖОЙ УЧУН СУБСИДИЯ БЕРИЛИШИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА РАД ҚИЛИНАДИ?

personmaftuna 30-09-24, 06:13
0 УЙ-ЖОЙ УЧУН СУБСИДИЯ БЕРИЛИШИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА РАД ҚИЛИНАДИ?

Вазирлар Маҳкамасининг 182-сон қарори билан тасдиқланган Низомга асосан, қуйидаги ҳолларда ариза берувчига субсидия...

IMTIYOZLI ISH NIMA VA U NIMAGA KERAK?

personmaftuna 10-12-24, 11:42
0 IMTIYOZLI ISH NIMA VA U NIMAGA KERAK?

Imtiyozli ish — bu maxsus shartlarda hisobga olinadigan va erta pensiya yoki boshqa ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lish...

“OQILA AYOL” HARAKATI FAOLLARINI PUL MUKOFOTLARI BILAN

personmaftuna 19-09-24, 07:05
0 “OQILA AYOL” HARAKATI FAOLLARINI PUL MUKOFOTLARI BILAN RAGʻBATLANTIRADILAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024 - yildagi "Mahallalarda х otin-qizlar faollari va "Oqila...

menu
menu