Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT XARIDLARI SOHASIDAGI VAKOLATLARI QANDAY ?

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT XARIDLARI SOHASIDAGI VAKOLATLARI QANDAY ?

O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021-yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat xaridlari sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan oqilona foydalanish, xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishini kengaytirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘radi;

davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek ular o‘tkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi;

xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish va tenderda ishtirok etish uchun elektron shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi;

Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 03-06-24, 14:23
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko ‘ ra , mamlakat bo ‘ ylab keksalarning sayohat qilishini rag ‘ batlantirish maqsadida har yili 1-...

AYRIM TADBIRKORLARGA GAROVSIZ KREDITLAR BERILADI

personmaftuna 28-04-25, 12:51
0 AYRIM TADBIRKORLARGA GAROVSIZ KREDITLAR BERILADI

Farmonga ko‘ra, 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar...

РАДИАЦИЯ ВА ЯДРО ХАВФСИЗЛИГИ ИЛМИЙ-ТЕХНИК МАРКАЗИНИНГ

personmaftuna 30-01-25, 02:29
0 РАДИАЦИЯ ВА ЯДРО ХАВФСИЗЛИГИ ИЛМИЙ-ТЕХНИК МАРКАЗИНИНГ АСОСИЙ ФАОЛИЯТ  ЙЎНАЛИШЛАРИ БЕЛГИЛАНДИ

“Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Саноат, радиация ва ядро хавфсизлиги қўмитаси ҳузуридаги...

menu
menu