MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI VAZIFALARI?
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy nizomga asosan, Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish, tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish, tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish, tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish va tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish. Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЭНДИЛИКДА ШАХСНИ ШАРМАНДА ҚИЛАДИГАН УЙДИРМАЛАР ТАРҚАТИШ
personmaftuna 08-02-24, 12:1819.01.2024 йил кунги ЎРҚ-899-сон Қонун Президент томонидан имзоланди ва мазкур қонун билан бир нечта кодексларга...
KIMLARNI TA’TILDAN CHAQIRIB OLISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI
personmaftuna 21-02-24, 01:58Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat...
KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?
personmaftuna 21-03-24, 10:15Prezident tomonidan imzolangan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” gi O‘RQ-901-son qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning...