Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM TADBIRKORLARGA GAROVSIZ KREDITLAR BERILADI

AYRIM TADBIRKORLARGA GAROVSIZ KREDITLAR BERILADI

Farmonga ko‘ra, 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda – 34 foizga, eksportda – 34  foizga va aholi bandligini taʼminlashda 75 – foizga yetkazish;

kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes subyektlarining yiriklashishiga ko‘maklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;

100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik subyektlari sonini 4 mingga yetkazish;

2025-yil 1-maydan:

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar YATT yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi;

o‘z faoliyatini tegishincha YATT, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida – 150 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi;

o‘z faoliyatini tegishincha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlarga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

2025-YIL YURTIMIZDA “ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL”

personmaftuna 08-12-24, 13:45
0 2025-YIL YURTIMIZDA “ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI” DEB E’LON QILINDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va...

TADBIRKORLARGA MOLIYAVIY ХIZMATLARDAN FOYDALANISH

personmaftuna 15-05-25, 12:07
0 TADBIRKORLARGA MOLIYAVIY ХIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILADI

17.04.2025-yildgia «Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati...

PENSIYA TAYINLASHNI SO‘RAB MUROJAAT ETISH TARTIBI

personmaftuna 04-05-24, 09:53
0 PENSIYA TAYINLASHNI SO‘RAB MUROJAAT ETISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martda qabul qilingan O‘RQ-922-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining...

menu
menu