Kuzatuvchi » Siyosiy » “CHEMPION” TADBIRKORLAR RO‘YXATIGA KIRITISH MEZONLARI BELGILANDI

“CHEMPION” TADBIRKORLAR RO‘YXATIGA KIRITISH MEZONLARI BELGILANDI

2025-yil 1-iyulga qadar yuridik shaxslarga onlayn rejimda mikrokredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish va ularni tezkor tasdiqlash mexanizmlari;

Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlagan kichik va o'rta biznes subyektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o'rniga qo'shimcha ravishda 10 million so'mdan, 10 va undan ko'p bunday ish o'rinlarini tashkil qilgan subyektlarga 100 million so'mgacha 3 yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablag'larni to'ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti.

Tez va yuqori sur'atlarda o'sayotgan tadbirkorlarni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish dasturi doirasida “chempion” tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlar ro'yxati shakllantirilib, unga quyidagi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari kiritiladi:

tuman (shahar) darajasida – har bir tuman (shahar)da kamida 2 tadan yillik aylanmasi 10 milliard so'mdan yuqori bo'lgan va 50 tadan ortiq ish o'rni yaratgan tadbirkorlik subyektlari;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida –har bir hududda kamida 5 tadan yillik aylanmasi 100 milliard so'mdan yuqori bo'lgan va 500 tadan ortiq ish o'rni yaratgan tadbirkorlik subyektlari;

respublika darajasida – yillik aylanmasi 1 trillion so'mdan yuqori bo'lgan va 5 mingdan ortiq ish o'rnini yaratgan tadbirkorlik subyektlari.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.

Boshqa maqolalar

АЙРИМ ТАДБИРКОР ВА ЮРИДИК ШАХСЛАР ДАВЛАТ БОЖИНИ ТЎЛАШДАН

personmaftuna 30-01-25, 11:43
0 АЙРИМ ТАДБИРКОР ВА ЮРИДИК ШАХСЛАР ДАВЛАТ БОЖИНИ ТЎЛАШДАН ОЗОД ЭТИЛАДИ

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-1018-сон, 13.01.2025 й.) билан “Давлат божи тўғрисида”ги Қонунга қўшимчалар...

AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNING TASHKILIY REJASINI ISHLAB

personmaftuna 24-10-24, 16:51
0 AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNING TASHKILIY REJASINI ISHLAB CHIQISH  QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?

Aholi yozuvlari, shu jumladan yashash manzillari maʻlumotlar bazasi va maʻmuriy tumanlarni yaratish. Aholini, shu...

YERDAN HUJJATLARDA KO‘RSATILGANIDAN KATTAROQ HAJMDA

personmaftuna 19-09-24, 00:36
0 YERDAN HUJJATLARDA KO‘RSATILGANIDAN KATTAROQ HAJMDA FOYDALANILGANDA JARIMA BOR!

Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv.m uchun...

menu
menu