Kuzatuvchi » Siyosiy » BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY NAZORAT KUCHAYTIRILADI

BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY NAZORAT KUCHAYTIRILADI

“Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-100-son, 10.07.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

O'zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjeti ijrosi tashqi auditdan o'tkaziladi va natijasi bo'yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi;

2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;

           strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi;

Hukumat tomonidan O'zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjeti ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit o'tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5 martigacha yuborish tartibi belgilandi.

2024-yildan O'zbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erishish dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholashdan o'tkaziladi hamda natijalari yuzasidan Prezidentga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot kiritiladi.

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

personmaftuna 11-12-24, 02:17
0 FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni...

КЎЧМАС МУЛКНИ ОММАВИЙ БАҲОЛАШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:43
0 КЎЧМАС МУЛКНИ ОММАВИЙ БАҲОЛАШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“Кўчмас мулкни оммавий баҳолаш тизимини жорий этиш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-43-сон, 05.03.2025 й.) қабул...

MAHALLALARDA FUTBOL LIGASI OʻTKAZILADI

personmaftuna 05-05-24, 12:25
0 MAHALLALARDA FUTBOL LIGASI OʻTKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-136-sonli Mahallalarda futbol ingfratuzilmasini...

menu
menu