Kuzatuvchi » Siyosiy » KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILYAPTI

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILYAPTI

“Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-347-son Prezident Qarori qabul qilingan. 

 Qarorga ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan: 

mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;

aholi bandligini ta'minlash dasturlarini shakllantirish, bo'sh ish o'rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish;

kambag'allikni qisqartirish;

hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

2025-yil 1-dekabrgacha:

50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo'jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog' va uzumzorlar tashkil etiladi;

ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo'yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

TIBBIYOTNI BOSHQARISH (MENEJERLIK) BO'YICHA SERTIFIKATGA

personmaftuna 07-06-25, 20:29
0 TIBBIYOTNI BOSHQARISH (MENEJERLIK) BO'YICHA SERTIFIKATGA EGA AYRIM RAHBARLARGA USTAMALAR TO'LANADI

Farmonga ko'ra, (PF-88-son, 19.05.2025-y.) tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo'limlari...

KIMLAR OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILINIShI MUMKIN ?

personmaftuna 29-06-24, 08:09
0 KIMLAR OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILINIShI MUMKIN ?

Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi...

XODIM QANDAY HOLLARDA ISHDAN CHETLASHTIRILISHI MUMKIN?

personmaftuna 19-05-24, 18:01
0 XODIM QANDAY HOLLARDA ISHDAN CHETLASHTIRILISHI MUMKIN?

Ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga...

menu
menu