Kuzatuvchi.uz / KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILYAPTI

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILYAPTI

“Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-347-son Prezident Qarori qabul qilingan. 

 Qarorga ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan: 

mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;

aholi bandligini ta'minlash dasturlarini shakllantirish, bo'sh ish o'rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish;

kambag'allikni qisqartirish;

hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

2025-yil 1-dekabrgacha:

50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo'jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog' va uzumzorlar tashkil etiladi;

ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo'yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

8-08-2025, 14:55
Saytga qaytish