EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHALARI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta'minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni PF-149-son qabul qilingan.
Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni ta'minlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi o'rtasida qayta aloqani to'liq yo'lga qo'yishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:
chiqindilar bilan bog'liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o'tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;
sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to'plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o'rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;
chiqindilarni tashish bilan shug'ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o'rnatish;
sanitar tozalash korxonalari to'g'risida to'liq ma'lumot berish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko'lami bo'yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo'lga qo'yish;
sanitar tozalash korxonalari xizmat ko'rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig'ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to'g'risida aniq ma'lumotlar berish;
abonentlarning hosil bo'lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko'rsatish.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
HAR BIR DAVLAT TAʼLIM TIZIMIDAGI O‘ZIGA XOS QOIDALARNI
personmaftuna 01-09-25, 02:16Har bir davlat taʼlim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat anʼanalari, odamlarning dunyoqarashi,...
БИЛИБ ОЛИНГ !
personmaftuna 15-12-24, 21:39“Ўзбекистон Республикасида 2024–2030 йилларда давлат-хусусий шерикликни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...
UY-JOY FONDINI BOSHQARISH
personmaftuna 15-05-24, 18:09Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari...