UY-JOY FONDINI BOSHQARISH
Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi. Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin. Uy-joy kodeksiga binoian, ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanishi va ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilgan.
Ko‘p kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarorlari asosida tuziladi.
Shirkat tashkil etilmagan ko‘p kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QISHLOQ ХOʻJALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISH BOʻYICHA
personmaftuna 15-05-24, 01:05O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024-yildagi PQ-146-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining...
ЧОРВАЧИЛИКНИНГ СУТЧИЛИК ТАРМОҒИ ЖАДАЛ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ
personmaftuna 05-06-25, 14:01“Қишлоқ хўжалигини ривожлантириш халқаро жамғармаси иштирокидаги “Ўзбекистоннинг сутчилик соҳасида қўшилган қиймат...
AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI
personmaftuna 10-12-24, 10:445-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar...