MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN FUQAROLARDAN ORTIQCHA HUJJATLAR TALAB ETILISHINING OLDI OLINISHI BO`YICHA CHORALAR
O‘zbekiston Respublikasining O'RQ-967-son Qonuni bilan “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra, ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo'l qo'yilmasligini, bandlikni rag'batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo'sh (vakant) ish o'rinlari mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, xodimlarning ishdan bo'lg'usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilmoqda, shuningdek oilaviy (maishiy) zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ИТ ВА МУШУКЛАРНИ БОҚИШ ҚОИДАЛАРИНИ БУЗГАНЛИК УЧУН
personmaftuna 30-09-24, 06:12Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 110-моддасига асосан, ➖ шаҳарлар ва бошқа аҳоли пунктларида ит ва мушук...
“AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA
personmaftuna 28-10-24, 16:17O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 27.09.2024-yildagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va...
2025-YIL UCHUN OʻZBEKISTON KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETI
personmaftuna 20-02-25, 10:54Prezident 24.12.2024-yildagi "2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1011-son...