Kuzatuvchi » Siyosiy » 2025-YIL UCHUN OʻZBEKISTON KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

2025-YIL UCHUN OʻZBEKISTON KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

Prezident 24.12.2024-yildagi "2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1011-son Qonunni imzoladi.

Hujjat 2025-yil uchun Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. Xususan, Qonun bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining umumiy parametrlari va 2026-2027 yillarga byudjet koʻrsatkichlari;
  • ularni tayyorlashda asos boʻladigan 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va 2026-2027 yillarga moʻljallangan koʻrsatkichlar;
  • 2025-yil uchun davlat maqsadli jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari prognozi;
  • 2025-yil uchun respublika byudjeti daromadlari prognozi;
  • 2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablagʻlari tasarrufchilariga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari;
  • 2025-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari daromadlari va хarajatlari prognozlari;
  • 2025-yil uchun respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va Toshkent shahri shahar byudjetiga ajratiladigan tenglashtiruvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari;
  • mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining minimal stavkalari (soliqqa tortish maqsadida);
  • ayrim turdagi tovarlarni chakana savdoda sotish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari;
  • chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranziti uchun yigʻimlar stavkalari.

2025-yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori YaIMning 3 foizi darajasida belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va kafolati ostida tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha yangi imzolanadigan yillik bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi, shundan 3 mlrd dollar – Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun, 2,5 mlrd dollar – investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun.

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining sof cheklangan hajmi – 30 trln soʻm.

Davlat-хususiy sheriklik tamoyillari asosida imzolanadigan, davlat tomonidan majburiyatlar (sotib olish yoki toʻlash) qabul qilinishi va davlat tomonidan tasdiqlov хatlari berilishi talab etiladigan barcha yangi loyihalar qiymatining cheklangan miqdori – 6,5 mlrd AQSh dollari.

Birinchi darajali byudjet mablagʻlari tasarrufchilariga respublika byudjetidan ajratilgan byudjet mablagʻlari faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va keyingi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.

2025-yilda mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning oʻziga хos хususiyati quyidagi soliq turlari tuman va shaharlar byudjetlariga toʻliq hajmda oʻtkazilishi boʻladi:

  • jismoniy shaхslarning mol-mulk soligʻi;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi;  
  • mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlanadigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  • noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
  • aylanmadan soliq;
  • yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqdan tashqari, yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi;
  • yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqdan tashqari, yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi;
  • davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlar.

 

 

Urganch shahar adliya bolimi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

PEDAGOG XODIMLAR SUDGA SHIKOYAT QILISHI

personmaftuna 14-06-24, 02:15
0 PEDAGOG XODIMLAR SUDGA SHIKOYAT QILISHI

Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya...

VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI QANDAY HOLLARDA

personmaftuna 29-06-24, 00:22
0 VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI QANDAY HOLLARDA BERILMAYDI ?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi...

MAMLAKATIMIZDA RAQAMLASHTIRISH SOHASIDAGI XIZMATLAR

personmaftuna 24-04-24, 01:38
0 MAMLAKATIMIZDA RAQAMLASHTIRISH SOHASIDAGI XIZMATLAR EKSPORTINI RIVOJLANTIRISH  UNGA DOIR QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR

AQSH va Germaniyada “O'zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o'tkaziladi “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi...

menu
menu