MAMLAKATIMIZDA RAQAMLASHTIRISH SOHASIDAGI XIZMATLAR EKSPORTINI RIVOJLANTIRISH UNGA DOIR QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR
AQSH va Germaniyada “O'zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o'tkaziladi “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-87-son,) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
➖ Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o'rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta'minlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk);
➖ mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar ko'rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha loyiha (Local to Global).
2024-yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar bo'yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan.
IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo'lga qo'yiladi.
Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yo'lga qo'yish uchun 2027-yil 1-yanvargacha har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 200 ming AQSH dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablag' yo'naltirishga ruxsat beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024-yilda AQSH va Germaniyada “O'zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o'tkaziladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
КЎЧМАС МУЛКНИ ОММАВИЙ БАҲОЛАШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 24-08-25, 18:32“Кўчмас мулкни оммавий баҳолаш тизимини жорий этиш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-43-сон, 05.03.2025 й.) қабул...
ОРТИҚЧА МАЪМУРИЙ ТАРТИБ-ТАОМИЛЛАР ВА ЭСКИРГАН ТАРТИБГА
personmaftuna 30-01-25, 02:45Қонун (ЎРҚ-1021-сон, 23.01.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга кўра, бир...
AYRIM OILALARGA FARZANDI MAKTABGACHA TA'LIM XIZMATIDAN
personmaftuna 17-09-25, 17:21Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025-y.) bilan “Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan rasmiy band bo'lgan yolg'iz ota...