.KREDIT TASHKILOTLARI VA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI FAOLIYATIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILADI
“Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-964-son Qonun qabul qilingan.
Qonunga ko'ra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, to'lov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta'minlash belgilanmoqda.
Shuningdek, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari , shuningdek banklar, to'lov tashkilotlari, to'lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha choralar ko'radi.
J.ABDUKARIMOV,
Boshqa maqolalar
2024-YILDAN BOSHLAB YO‘L QURILISHIGA XUSUSIY SEKTOR HAM
personmaftuna 22-03-24, 00:23Shuningdek, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar...
2 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLA PARVARISHINI AMALGA OSHIRISH
personmaftuna 16-12-24, 11:372 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin...
MIKROMOLIYAVIY TASHKILOTLAR QANDAY ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH
personmaftuna 12-08-24, 23:53Markaziy bank boshqaruvining qarori (26.07.2024-y. AV dagi roʻy х at raqami 3536-son ) bilan Mikromoliyaviy...