FUQAROLAR HIMOYASINING HUQUQIY KAFOLATLARI YANADA MUSTAHKAMLANADI
O`zbekiston Respublikasining O'RQ-963-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan
Qonunga ko'ra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog'liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o'tash chog'ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o'z faoliyati yo'nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
BILIB OLING
personmaftuna 23-06-25, 02:34O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 468-son Qarori bilan Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza...
MILLIY MALAKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI TASHKIL
personmaftuna 14-06-25, 02:50“O'zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident...
SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH
personmaftuna 01-05-24, 13:48Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻy х at raqami 3472 , 31.10.2023 y.) bilan Sha х slarni...