Kuzatuvchi » Siyosiy » MILLIY MALAKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI TASHKIL ETILADI

MILLIY MALAKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI TASHKIL ETILADI

“O'zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-345-son, 30.09.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan ko'nikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) tizimini joriy qilish; ko'nikmalarni prognozlashtirish (“skills anticipation”), ko'nikmalarga bo'lgan ehtiyojlarni tahlil qilish (“skills needs analysis”), ko'nikmalar bilan bog'liq kamchiliklarni o'rganish (“skills gap analysis”) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish. “Ta'lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi. 2025-yil 1-fevralgacha Institutda Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo'yicha malaka oshirish kurslari yo'lga qo'yiladi. 2025-yil 1-noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta'minlanadi. 2026-yil 1-dekabrga qadar ilg'or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta'minlanadi.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

IJODKOR YOSHLAR YANGI FANLARGA OʻQITILADI

personmaftuna 04-05-24, 12:16
0 IJODKOR YOSHLAR YANGI FANLARGA OʻQITILADI

O‘zbeiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024-yildagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish...

BEVOSITA SUDDA KO‘RIB CHIQILISHI LOZIM BO‘LGAN YAKKA

personmaftuna 15-05-24, 19:41
0 BEVOSITA SUDDA KO‘RIB CHIQILISHI LOZIM BO‘LGAN YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARI

Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud...

OZ MIQDORDA TALON-TOROJ QILISH

personmaftuna 30-05-24, 11:07
0 OZ MIQDORDA TALON-TOROJ QILISH

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata...

menu
menu