MILLIY MALAKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI TASHKIL ETILADI
“O'zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-345-son, 30.09.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan ko'nikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) tizimini joriy qilish; ko'nikmalarni prognozlashtirish (“skills anticipation”), ko'nikmalarga bo'lgan ehtiyojlarni tahlil qilish (“skills needs analysis”), ko'nikmalar bilan bog'liq kamchiliklarni o'rganish (“skills gap analysis”) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish. “Ta'lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi. 2025-yil 1-fevralgacha Institutda Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo'yicha malaka oshirish kurslari yo'lga qo'yiladi. 2025-yil 1-noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta'minlanadi. 2026-yil 1-dekabrga qadar ilg'or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta'minlanadi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLARNING QANDAY HUQUQLARI VA
personmaftuna 08-12-24, 13:14O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar – o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy...
QONUNCHILIKKA KO'RA, XODIM VA ISH BERUVCHI O'RTASIDAGI
personmaftuna 30-09-24, 07:15Qonunchilikka ko'ra, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili qismlarga bo'linishi...
ASOSIY STAVKA PASAYTIRILDI
personmaftuna 12-08-24, 23:422024-yil 25-iyulda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirish va yillik 13,5% darajasida...