BILIB OLING
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 468-son Qarori bilan Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, quyidagi intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddati Adliya vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin:
➖ixtiro;
➖foydali model;
➖sanoat namunasi;
➖seleksiya yutug‘i;
➖tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi;
➖geografik ko‘rsatkich;
➖tovar kelib chiqqan joy nomi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi (im.adliya.uz) yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beradi.
Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan miqdordagi patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda to‘lanadi.
Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
Ariza beruvchiga muhofaza hujjatining amal qilish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani muhofaza hujjatiga ilova shaklida axborot tizimi orqali yuboradi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI
personmaftuna 14-06-24, 02:122024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...
“QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY
personmaftuna 24-07-24, 04:04Qarorga ko'ra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini (Institut) tashkil etiladi. - Institut...
YURIDIK SHAXSLAR BIRLASHMALARI
personmaftuna 21-02-24, 04:33O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga ko`ra, tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik...