Kuzatuvchi » Siyosiy » PREZIDENT TOMONIDAN “PROBATSIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘RQ-938-SON QONUN IMZOLANGAN

PREZIDENT TOMONIDAN “PROBATSIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘RQ-938-SON QONUN IMZOLANGAN

Qonunga ko‘ra, probatsiya – muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir ko‘rsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati ro‘yobga chiqarilishini taʼminlaydi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organdir.

Probatsiya nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

mehnat organlari;

davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari;

taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim tashkilotlari;

Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari.

Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish asos bo‘ladi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

CHET ELGA CHIQISH QACHON CHEKLANADI?

personmaftuna 12-12-24, 03:44
0 CHET ELGA CHIQISH QACHON CHEKLANADI?

Ba’zida qandaydir sabab bilan aeroport yoki vokzaldan chiqishiga “zapret” bor ekan deb qaytarib yuborilgan odamlar...

KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH

personmaftuna 10-12-24, 10:53
0 KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH STANSIYALARI O‘RNATILADI

To‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak. Vazirlar...

BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA

personmaftuna 23-07-24, 14:22
0 BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA UNDAN TASHQARIDA AMALGA OSHIRILADI

Qonunchilikka ko'ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo'yicha davlat...

menu
menu