“UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH LITSENZIYALANADIGAN FAOLIYATNING ALOHIDA TURI SIFATIDA BELGILANDI
Prezident tomonidan imzolangan O'RQ-935-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchaga ko'ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.
Bunda, Din ishlari bo'yicha qo'mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.
Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so'm) etib belgilandi.
Bundan tashqari “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, Din ishlari bo'yicha qo'mita tomonidan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3mln 400 ming so'm) etib belgilandi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
TADBIRKORLAR TOMONIDAN MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH
personmaftuna 28-04-25, 11:46“Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, rezidentlar o'rtasidagi valyuta...
KONSERT REKLAMASI FONOGRAMMADAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
personmaftuna 19-05-25, 10:3211.03.2025-yildagi OʻRQ-1046-son Qonun bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada...
MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI YUKSAK SAVIYADA NISHONLANADI
personmaftuna 08-08-25, 01:48“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish...