Kuzatuvchi » Siyosiy » MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI YUKSAK SAVIYADA NISHONLANADI

MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI YUKSAK SAVIYADA NISHONLANADI

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 10.07.2025-yildagi PQ–222-sonli Prezident qarori qabul qilindi. 

 

Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

 

Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.

 

Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.

 

 “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.

 

 

T. EGAMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH

personmaftuna 06-12-24, 11:30
0 18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH TAQIQLANADIGAN ISHLAR

18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti...

DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA JAMOATCHILIK NAZORATI

personmaftuna 23-07-24, 14:34
0 DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA JAMOATCHILIK NAZORATI KUCHAYTIRILADI

“Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini rag'batlantirish...

KAMBAG‘AL OILALAR FARZANDLARI DAVLAT BOG‘CHALARIGA

personmaftuna 26-12-24, 14:34
0 KAMBAG‘AL OILALAR FARZANDLARI DAVLAT BOG‘CHALARIGA IMTIYOZLI ASOSDA QABUL QILINADI

2025-yil 1-yanvardan kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul...

menu
menu