DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA JAMOATCHILIK NAZORATI KUCHAYTIRILADI
“Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-249-son, 10.07.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentyabrdan elektron do'kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda narx va boshqa sharoitlar teng bo'lgan hollarda, belgilangan mezonlarning biri asosida nogironligi bo'lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta'minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining takliflari ustunlikka ega bo'ladi.
2024-yil 1-sentabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha kichik biznesga ko'maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug'urtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining 50 foizigacha qismini, biroq BHMning 30 baravaridan (10 mln 200 ming so'm) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va ushbu tizimda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2024-yil 1-oktyabrdan davlat buyurtmachilari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida 1 ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga ko'ra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida 2 ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi.
S.BERDIQILICHOV,
Boshqa maqolalar
UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH – FAQAT LITSENZIYA ASOSIDA
personmaftuna 05-08-24, 18:44Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va...
DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH
personmaftuna 12-08-24, 23:22Prezidentning 19.07.2024-yildagi F-36-son farmoyishi bilan 2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga...
OʻZBEKISTON ORХUS KONVENSIYASIGA QOʻSHILMOQDA
personmaftuna 19-05-25, 10:43Prezident tomonidan 11.03.2025-yildagi «Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish...