Kuzatuvchi » Siyosiy » MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA XUSUSIY AYBLOV INSTITUTI JORIY ETILADI

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA XUSUSIY AYBLOV INSTITUTI JORIY ETILADI

 

O‘zbekiston Respublikasining 10.07.2025-yildagi O‘RQ–1075-sonli Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Qonun bilan Kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi, jumladan:

 

avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;

 

 ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.

 

 Shuningdek, ayrim belgilangan  ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

 

Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.

 

 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

T. EGAMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI

personmaftuna 18-08-24, 04:03
0 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI

Yoshlar (yosh fuqarolar) — 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar. Yosh oila — er-xotinning ikkisi ham...

АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB

personmaftuna 25-06-24, 17:42
0 АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB TASHLASH TARTIBI

А liment to‘lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bog‘liq. Bunday...

СИНФДА ДАВОМАТ КАМ БЎЛСА, СИНФ РАҲБАРЛИК ТЎЛОВИ УШЛАБ

personmaftuna 27-03-24, 00:26
0 СИНФДА ДАВОМАТ КАМ БЎЛСА, СИНФ РАҲБАРЛИК ТЎЛОВИ УШЛАБ ҚОЛИНАДИМИ?

Бу ҳолатда сизга синф раҳбарлик учун қўшимча тўловни ушлаб қолиш ноқонуний. Биринчидан, Мактабгача ва мактаб таълими...

menu
menu