Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNI YASHASH JOYI BO‘YICHA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI BELGILANDI

FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNI YASHASH JOYI BO‘YICHA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI BELGILANDI

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1074-sonli, 10.07.2025-yildagi qonuni qabul qilindi. 

 

Qonunga ko‘ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

 

Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish  mas’ul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

O‘zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O‘zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart.

 

O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:

 

ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida;

davlat xizmatlari markazlarida;

YaIDXP (my.gov.uz) orqali.

 

Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.

 

 

T. EGAMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

UNITAR KORXONA

personmaftuna 28-03-24, 01:43
0 UNITAR KORXONA

Davlat unitar korxonalari istisno holatlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan...

“IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

personmaftuna 19-11-24, 18:30
0 “IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

“ Umumiy o ' rta ta ' lim maktablarida musiqa madaniyati fani o ' qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan...

YOSHLAR DAFTARI

personmaftuna 14-06-24, 02:02
0 YOSHLAR DAFTARI

“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji...

menu
menu