Kuzatuvchi » Siyosiy » “IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

“IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori (PQ-391-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi yo'lga qo'yiladi.

⚡️2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani o'qituvchilari uchun nazariya va amaliyot uyg'unlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yo'lga qo'yiladi.

🗓2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

-  bolalar musiqa va san'at maktablarining belgilangan o'quv dasturlarini to'liq yakunlagan, umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnomaga ega bo'lganlarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to'garak rahbari sifatida ishlashi;

-  madaniyat va san'at yo'nalishidagi OTMlarida psixologiya va pedagogika fanlarini o'rgangan musiqa yo'nalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini o'qitishi mumkin.

2025/2026-o'quv yiliga qadar musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

2025/2026-o'quv yilidan boshlab madaniyat yo'nalishida kadrlar tayyorlaydigan OTMlarda psixologiya va pedagogika fanlarini o'qitish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-apreldan boshlab:

maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi;

jamoalar o'rtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o'tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari xorijiy davlatlarga ta'lim sayohatiga yuboriladi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 23-03-24, 22:46
0 БИЛАСИЗМИ?

Эндиликда юқори турувчи судлар томонидан қуйи судларнинг қарорлари бекор қилинса, ўша бекор қилинган қарорни чиқарган...

VASIYLIK VA HOMIYLIKNI BELGILASH QANAQA BO’LADI ?

personmaftuna 28-06-24, 23:00
0 VASIYLIK VA HOMIYLIKNI BELGILASH QANAQA BO’LADI ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 174-moddasiga asosan. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori...

YOSHLAR DAFTARI

personmaftuna 14-06-24, 02:02
0 YOSHLAR DAFTARI

“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji...

menu
menu