YUQORI BARQARORLIK REYTINGIGA EGA BO'LGAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI RAG'BATLANTIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-
1000-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlari uchun rag'batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda:
➖yuqori barqarorlik reytingiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar bo'yicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha to'langan summani qaytarish
3 kunlik muddatda amalga oshiriladi;
➖reyting bo'yicha «AAA» toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o'tkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o'rnini qoplash tekshiruvlar o'tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
MEHNAT SHARTNOMASIDA QANDAY REKVIZITLAR KO’RSATILISHI KERAK
personmaftuna 30-09-24, 02:00Mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining...
KREATIV PARK REZIDENTLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILADI
personmaftuna 28-04-25, 11:51“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir...
OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR
personmaftuna 29-09-24, 20:11O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentyabrdagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning...