Kuzatuvchi » Siyosiy » KREATIV PARK REZIDENTLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILADI

KREATIV PARK REZIDENTLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILADI

“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” gi Prezident Farmoni  qabul qilindi. 

Farmonga ko'ra, kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o'qitadigan biznes maktablari tashkil etiladi.

2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:

 ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to'laydi;

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat'i nazar aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar toifasiga kiritiladi. Bunda ular o'z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o'tishlari mumkin.

Bundan tashqari, xorijiy tillar bo'yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo'lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o'quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

                                                                  K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.

Boshqa maqolalar

BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN TANAFFUSLAR

personmaftuna 24-01-24, 18:30
0 BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN TANAFFUSLAR

2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani...

QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN? MUHIM

personmaftuna 29-06-24, 06:57
0 QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN? MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

Xodim ishdan chetlashtirilganida uning ish haqi saqlanmaydi, biroq qonunchilikda ayrim istisno holatlar mavjud. Xizmat...

XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA

personmaftuna 24-07-24, 02:09
0 XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA PARLAMENT NAZORATI KUCHAYTIRILADI

“Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini...

menu
menu