.“EL-YURT UMIDI” JAMG'ARMASI ORQALI XORIJDA TA'LIM OLGANLAR TANLOVSIZ ISHGA OLINADI
Farmonga ko'ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg'armasining yangi stipendiya yo'nalishi sifatida “Yorqin iste'dod” loyihasi joriy etiladi.
har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og'ir oilaviy sharoiti sababli o'qish imkoniyatiga ega bo'lmagan kambag'al oilalar farzandlarini xorijda o'qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o'qitish;
“El-yurt umidi” jamg'armasiga joriy yilda “Yorqin iste'dod” loyihasi uchun 300 milliard so'm ajratiladi.
“El-yurt umidi” jamg'armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta'lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to'g'ridan-to'g'ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.
2025-yil 1-iyundan:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro'yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo'lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o'n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g'olib va sovrindorlariga to'lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KRIPTO SOHASIDA LITSENZIYA OLISH UCHUN DAVLAT BOJI QANCHA
personmaftuna 20-02-25, 11:30Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi х izmatlar provayderlari...
МЕҲНАТ ШАРТНОМАСИГА ҚАНДАЙ ШАРТЛАР КИРИТИЛМАСЛИГИ КЕРАК ?
personmaftuna 23-03-24, 21:38Меҳнат кодексининг 105-моддасига кўра, меҳнат шартномасининг мазмунига: -ходимнинг ҳолатини меҳнат тўғрисидаги...
ТУРКИЙ ДАВЛАТЛАР ХАЛҚАРО УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 17-03-25, 10:58“Туркий давлатлар халқаро университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-24-сон, 25.01.2025 й.) қабул...