Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLAR TOMONIDAN MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATI KENGAYTIRILADI

TADBIRKORLAR TOMONIDAN MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATI KENGAYTIRILADI

“Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, rezidentlar o'rtasidagi valyuta operatsiyalariga mijozning (kreditorning) kontragenti norezident bo'lgan taqdirda, kredit tashkilotlari tomonidan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash operatsiyalari amalga oshirilayotganda yo'l qo'yilishi belgilandi.

 “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunga Markaziy bank, kredit tashkiloti bo'lmagan shaxslar tomonidan tashkil etilgan elektron faktoring platformalarining axborot tizimlari xavfsizligiga, kiberxavfsizligiga va ularni IT-auditdan o'tkazishga doir talablarni belgilash hamda mazkur talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish kabi vakolatlarni belgilovchi qo'shimcha kiritildi.

 Shuningdek, Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati o'z faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga va Auditorlik qo'mitasiga hisobdorligi belgilandi.

Ilgari faqat Auditorlik qo'mitasiga hisobdor bo'lgan. 

Markaziy bank quyidagilar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishi nazarda tutilmoqda:

kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;

faktoring tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga

Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni xabardor qilish talabi belgilandi:

faktoring tashkilotining filialini ochish yoki yopish;

jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bog'liq bo'lgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 10 foizdan 20 foizgacha tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olish.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MAʼMURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR

personmaftuna 22-01-24, 19:12
0 MAʼMURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR QILINDI

Prezident tomonidan 16.01.2024-yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga...

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT

personmaftuna 20-03-24, 06:39
0 O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA’TILLARI

Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar...

“ЭНГ ФАОЛ ИЖТИМОИЙ ХОДИМ” ТАНЛОВИНИ ЎТКАЗИШ ТАРТИБИ

personmaftuna 12-03-24, 02:15
0 “ЭНГ ФАОЛ ИЖТИМОИЙ ХОДИМ” ТАНЛОВИНИ ЎТКАЗИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (69-сон, 03.02.2024 й.) билан “Энг фаол ижтимоий ходим” кўрик-танловини ташкил этиш ва ўтказиш тартиби...

menu
menu