Kuzatuvchi » Siyosiy » FAKTORING BO'YICHA ZAMONAVIY QONUNCHILIK BAZASI YARATILADI

FAKTORING BO'YICHA ZAMONAVIY QONUNCHILIK BAZASI YARATILADI

Qonunga   muvofiq, Fuqarolik kodeksiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to'g'risidagi umumiy qoidalar kiritildi.

Faktoring haqidagi bildirishnoma garov reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchinchi shaxslarga nisbatan kuchga ega bo'ladi.

Faktoring shartnomalari bo'yicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi belgilandi.

 Bunda, aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaxs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.

 Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) qatoriga quyidagilar kiritildi:

Kafolatlar berish   tashkiloti faoliyatini amalga oshirish;

Faktoring tashkiloti faoliyatini amalga oshirish.

Bundan tashqari, vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro'yxatiga quyidagilar kiritildi:

Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush olinganligi to'g'risida xabarnoma;

Faktoring tashkilotining filialini ochganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI

personmaftuna 24-01-24, 03:02
0 ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI ULARNING BIRGALIKDAGI UMUMIY MULKI HISOBLANADIMI?

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra,...

ИШ ҲАҚИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДАГИ КОНВЕНЦИЯ РАТИФИКАЦИЯ

personmaftuna 27-03-24, 01:04
0 ИШ ҲАҚИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДАГИ КОНВЕНЦИЯ РАТИФИКАЦИЯ ҚИЛИНДИ

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-918-сон, 12.03.2024 й.) билан Халқаро меҳнат ташкилотининг Конвенцияси...

“NOMODDIY MADANIY MEROS NAMUNALARINI RO'YXATGA KIRITISH

personmaftuna 20-06-25, 13:48
0 “NOMODDIY MADANIY MEROS NAMUNALARINI RO'YXATGA KIRITISH YOKI UNDAN CHIQARISH BILAN BOG'LIQ DAVLAT XIZMATLARINI KO'RSATISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (256-son, 24.04.2025-y.) bilan “Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro'yxatga kiritish yoki undan...

menu
menu