ZARGARLIK BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARUVCHILAR YANADA QO'LLAB-QUVVATLANADI
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha “Hunarmand” uyushmasining a'zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlarining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan va "O'zbekzargarsanoati" uyushmasining a'zolari bo'lgan YATTlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi.
Shuningdek, mazkur YATTlarning ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko'chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig'i va yer solig'idan ozod etiladi.
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to'g'risida” gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, affinaj korxonalari qo'shimcha ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tmay quyidagi huquqlarga ham ega bo'lishi ko'zda tutildi:
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qulay shakllar va hajmlarga keltirgan holda realizasiya qilish;
qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni ishlab chiqarish va realizasiya qilish.
Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o'zlari qimmatbaho metallardan yasagan zargarlik buyumlarining yarim tayyor mahsulotlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga egaligi belgilandi.
Bunda yarim tayyor mahsulotlarni realizasiya qilish qiymati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va Markaziy bankning hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam bo'lmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanishi ko'rsatib o'tildi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.
Boshqa maqolalar
DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING
personmaftuna 25-06-24, 19:36Keyingi yillarda Davlat rahbari hamda Hukumatning tegishli qarorlari asosida Davlat mulkini ijaraga berish tizimi...
KOʻP KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARINING ELEKTRON
personmaftuna 12-06-25, 02:51Hukumat qarori (853-son) bilan Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reestrini yuritish boʻyicha...
FUQAROVIY MUNOSABATLARDA MAJBURIYATNING BAJARMASLIK
personmaftuna 08-12-24, 13:36Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga...