“NOMODDIY MADANIY MEROS NAMUNALARINI RO'YXATGA KIRITISH YOKI UNDAN CHIQARISH BILAN BOG'LIQ DAVLAT XIZMATLARINI KO'RSATISH TARTIBI BELGILANDI
Hukumat qarori (256-son, 24.04.2025-y.) bilan “Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro'yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog'liq davlat xizmatlarini ko'rsatish” ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga YIDXP (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro'yxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro'yxatlarga kiritilgan yoki kiritilmaganligi to'g'risida ma'lumotlar olish bilan bog'liq davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibini belgilaydi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ushbu sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Reglamentga ko'ra, Nomoddiy madaniy meros namunalarini:
milliy ro'yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ilmiy-metodik kengash tomonidan;
mahalliy ro'yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ekspertlar guruhi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro'yxatlariga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro'yxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi to'g'risida belgilangan shakldagi ma'lumotnoma beriladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
МУҲИМ
personmaftuna 30-09-24, 16:12Оиласида ногирон аъзолари бўлган шахслар аукцион орқали ер участкаси сотиб олишда уларга бир марталик ёрдам пули...
MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KO'RA BEKOR QILISH
personmaftuna 29-06-24, 06:54O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat...
SAYLOV OKRUGLARINI TUZISH
personmaftuna 19-03-24, 02:06O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov...