ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI ULARNING BIRGALIKDAGI UMUMIY MULKI HISOBLANADIMI?
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3113)
Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:
-nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;
-meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan;
-nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa;
-er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa.
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
KONSTITUTSIYA VA QONUNNING USTUNLIGI
personmaftuna 29-11-24, 06:05Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni bo‘lib, u jamiyat va davlat tuzilishini belgilaydi, shuningdek, fuqarolarning...
ИПАКЧИЛИК ВА ЖУН САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ҚЎМИТАСИ ТУГАТИЛАДИ
personmaftuna 17-03-25, 11:07“Яйловларни муҳофаза қилиш ва улардан оқилона фойдаланишнинг замонавий механизмларини жорий этиш чора-тадбирлари...
XIZMAT TEKSHIRUVI, TARTIBI VA MUDDATLARI
personmaftuna 20-10-24, 14:01Mehnat kodeksining 302-311-moddalari xizmat tekshiruvini tartibga soladi. MK 302-moddasiga ko‘ra, xizmat tekshiruvi...