BINO VA INSHOOTLARNING ZILZILABARDOSHLIGI OSHIRILADI
“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-161-son, 17.04.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra:
2024-yil 1-iyundan MSK-64 shkalasi bo'yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
2024-yil 1-iyuldan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarga bino va inshootlarning yuk ko'taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o'rnatish majburiy etib belgilanadi.
2024-yil 1-iyulgacha respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtiriladi hamda ularning onlayn bazalari shakllantiriladi.
2024-yil 1-avgustdan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini ko'rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.
2024-yil 1-iyundan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.
2024-yil 1-iyulgacha texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion inyeksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.
2024-yil 1-maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Zilzila muhandisligi olimlari assosiatsiyasini (Assosiatsiya) tashkil etiladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
HAR BIR QURILAYOTGAN OBYEKTNING QR-KODLI PASPORTI JORIY
personmaftuna 01-05-25, 01:45Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-sentabrdan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali...
СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ЯНГИ МОДЕЛИ ЖОРИЙ
personmaftuna 07-06-25, 19:41“Республикада соғлиқни сақлаш тизимини ва аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш тамойилларини такомиллаштириш орқали соҳани...
“JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI
personmaftuna 08-08-25, 14:33“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi...