Kuzatuvchi » Siyosiy » OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentyabrdagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 569-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Endi ishchi guruh ommaviy tadbir oʻtkaziladigan ob’yektning tekshiruvini nafaqat ob-havo sharoitlarini, balki xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar yuzaga kelishi ehtimolini ham inobatga olgan holda amalga oshirishi kerak.

Shuningdek, endi ommaviy tadbir tashkilotchisi favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrishi, bunday tahdidlar mavjud boʻlganda esa – fuqarolarning evakuatsiyasini samarali tashkil etish sharoitlarini yaratishi kerak. 

Oʻz navbatida, ommaviy tadbirlarga tashrif buyuruvchilar favqulodda vaziyatlarda vahima koʻtarmasliklari, evakuatsiyani qiyinlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirmasliklari va tadbir oʻtkaziladigan joy ma’muriyati, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, FVVning evakuatsiyaga doir qonuniy talablarini bajarishlari shart.  

Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan ob’yekt ma’muriyati quyidagilarga majbur:

mahalliy radiotranslyatsiya tarmogʻi orqali ishtirokchilarga evakuatsiya qilish tartibi va evakuatsiya qilish yoʻllari haqida e’lon qilish;

FVda vahima koʻtarilishini oldini olish, evakuatsiyaga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli murojaat matnini ishlab chiqish va shunga oʻxshash vaziyatlar yuzaga kelganda uni fuqarolarga yetkazilishini ta’minlash. 

Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaga ommaviy tadbir oʻtkaziladigan ob’yektga borish va kirish joylarida transportning harakatini cheklaydigan fizik toʻsiqlar oʻrnatish majburiyati yuklanmoqda. 

Ommaviy tadbirlar oʻtkazish uchun Ruxsatnoma xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalarga bogʻliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun texnik va maxsus vositalarning mavjudligini ta’minlash tashkilotchining majburiyati ekanligi toʻgʻrisidagi talab bilan toʻldirilmoqda.
 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

XABARDOR QILISH TARTIBIDA BOJХONA BROKERINI ROʻYХATDAN

personmaftuna 20-09-24, 07:15
0 XABARDOR QILISH TARTIBIDA BOJХONA BROKERINI ROʻYХATDAN OʻTKAZISH JORIY ETILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 05.09.2024-yildagi OʻRQ-956-son Qonun imzolandi, unga asosan “...

ICHKI ISHLAR ORGANLARIGA OLIB KELINGAN SHAХSLARNI

personmaftuna 15-05-24, 00:50
0 ICHKI ISHLAR ORGANLARIGA OLIB KELINGAN SHAХSLARNI ALKOTESTERDA TEKSHIRISHADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.04.2024-yildagi 190-son li “Ichki ishlar organlarining navbatchilik...

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANISHI HAQIDA HUQUQIY

personmaftuna 22-03-25, 11:25
0 OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANISHI HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z vakolatlari doirasida...

menu
menu