АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB TASHLASH TARTIBI
Аliment to‘lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bog‘liq. Bunday hollarda chet elga chiqishga qo‘yilgan taqiqni alimentni oldindan to‘lash yoki aliment bo‘yicha garov shartnomasini tuzish orqali olib tashlash mumkin.
Sud yoki MIB tomonidan aliment to‘lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.
Chet elga chiqishga taqiqni 2 ta usul bilan olib tashlash mumkin:
-alimentni oldindan to’lash;
-aliment bo‘yicha garov shartnomasini tuzish.
Аliment oldindan 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga to‘lanishi kerak. Bolalar voyaga etgunigacha bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
Аlimentni to‘lashni garov bilan ta’minlash ham mumkin va bunda garov qiymati BHMning 250 baravari (85 mln so‘m)dan kam bo‘lmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, do‘kon, uy-joy, kvartira) garov bo‘lishi mumkin.
Аlimentni oldindan to‘lash yoki alimentni garov bilan ta’minlash uchun ijro hujjatini bergan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilinadi.
Bundan tashqari, arizada alimentni oyma-oy to‘lab borish uchun to‘sqinlik qiladigan ob’ektiv holatlar ko‘rsatiladi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish to‘g‘risida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq va h.k.).
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI
personmaftuna 29-11-24, 05:59“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident...
MOPED VA SKUTERLAR UCHUN GUVOHNOMA OLISH MUDDATI KOʻCHIRILDI
personmaftuna 15-05-25, 12:59Vazirlar Mahkamasining 12.04.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yongʻin х avfsizligi...
FUQAROLIK HUQUQ VA BURCHLARI QANDAY ASOSLARGA KO’RA VUJUDGA
personmaftuna 15-12-24, 17:54Ma’lumki, FK ning 8-moddasiga muvofiq fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga...